Barselona yozda Liga 1 hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 13:20
Kataloniyaning "Barselona" klubi kelasi yozda Liga 1 hujumchisi bilan tarkibni kuchaytirishi mumkin. Sport xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan "Lill" hujumchisi Jonatan Devidni faol ravishda kuzatib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovskining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Polyak o‘rniga nomzodlardan biri aynan Devid bo‘lib turibdi. Kanadalik futbolchiga Angliya Premyer-ligasi jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Fransiya chempionati yangi mavsumida futbolchi olti uchrashuvda beshta gol urdi. 24 yoshli hujumchiga avvalroq Londonning "Chelsi" klubi qiziqayotgan edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati