Isroilning yangi qonli urushi haqida nima ma’lum?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 13:13

▪️Isroil Livan janubidagi to‘siqlarni demontaj qilish kabi vazifalarni bajarish uchun razvedka operasiyalarini boshladi va muhandislik bo‘linmalarini joylashtirdi.

▪️Isroilning shimoliy hududlari aholisi Livan bilan urush boshlangani haqida rasmiy xabarnomalar oldi.

▪️Isroil artilleriyasi va aviasiyasi Livanga yirik hujumlar uyushtirmoqda.

▪️Livandagi turli mahalliy manbalarga ko‘ra, Isroil piyoda va zirhli bo‘linmalari shu paytgacha qarshilikka duch kelmay, mamlakat chegarasini kesib o‘tgan. Boshqa manbalar esa faol otash borligini va Isroil kuchlari tez orada chegarani kesib o‘tishga hozirlik ko‘rayotganini aytadi.

▪️Ma’lum qilinishicha, Livan armiyasi mamlakatning janubiy viloyatlaridan chekinmoqda.
▪️Italiya va Quvayt o‘z fuqarolarini Livan hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi.
▪️Isroil armiyasi vakili arab tilida Livan janubi aholisini uylarini tark etishga chaqirdi. Ayni paytda Isroil tanklari va artilleriyasi Livanning janubiy hududlari va undan tashqarida intensiv bombardimon qilishda davom etmoqda.
▪️ Hizbulloh, agar Isroil kuchlari bostirib kirsa, ularni yo‘q qilishini aytdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati