Eto'O endi o‘z mamlakati o‘yinlarini stadiondan kuzata olmaydi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-10-2024, 13:01
FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, Eto`O tashkilot intizom kodeksini buzgan. Bayonotda ta’kidlanishicha, sanksiyalar uning 2024 yil 11 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan FIFA U-20 ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finali doirasidagi Kamerun va Braziliya o‘rtasidagi o‘yinda tajovuzkor xatti-harakatlari va halol o‘yin tamoyillarini buzgani bilan bog‘liq.
Qarorga ko‘ra, Eto`O olti oy davomida Kamerun erkaklar va ayollar terma jamoalarining barcha yosh toifalaridagi o‘yinlariga kela olmaydi. U 2021 yildan buyon Kamerun futbol federasiyasini boshqarib kelmoqda.