Alimentni oldindan to‘lash bo‘yicha rekord yana yangilandi!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 11:20
Poytaxtda qarzdor 2 mlrd so‘mga yaqin aliment to‘ladi.

Majburiy ijro byurosi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, alimentni oldindan to‘lash bo‘yicha rekord yana yangilandi! Toshkentlik ota 3 nafar farzandining o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan ta’minoti uchun salkam 2 mlrd so‘mlik alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi.

Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi 808-sonli qaroriga asosan aliment mablag‘larini 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan jami qiymatini oldindan to‘lash huquqi ayrim qarzdorlarga xorijga chiqishi uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

Sudning shu yil 14 avgustdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor SH.A.dan undiruvchi SH.G. foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandi ta’minoti uchun ular 18 yoshga to‘lguniga qadar aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati shu yilning 5 sentyabrda Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor farzandlarining ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment miqdorini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan.

Shundan so‘ng, taraflar tomonidan kelishuv tuzilib, bitim sud tomonidan tasdiqlangan, unga ko‘ra, qarzdor SH.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan jami 1 mlrd 825 mln 137 ming so‘mga baholangan 2 ta noturar joy ob’ektini aliment hisobidan o‘tkazib berdi va ijro hujjati amalda tamomlandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati