SSV: Saudiya Arabistoni kompaniyasi yurtimizda farmasevtika zavodini quradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 11:19
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasining Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari F.Tashpulatov ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida "Jamjoom Pharma" kompaniyasi raisi Mahmud Jamjum bilan muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan 30 turdagi dori vositalarini O‘zbekiston hududida ro‘yxatga olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritish sharti bilan “Tashkent Pharma Park” hududida zamonaviy farmasevtika zavodini qurish va 2025 yilning uchinchi choragida ishga tushirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Suhbat yakunida mazkur loyiha yuzasidan o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi.

Shuningdek, “InterHealth Hospital Medical” kompaniyasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona va Qo‘qon filiallari hamda Koreyaning EDSF jamg‘armasi ko‘magida Toshkent shahri, Yashnobod tumanida kattalar uchun mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaz qurish loyihasi bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov sharti bilan (user-pay) ishonchli boshqaruvga berish takliflari bildirildi.

Binobarin, Podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi homiyligi ostida Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida joriy yil oktyabr oyida shifokorlarning 8 kunlik tashrifini amalga oshirib, 100 tadan 150 gacha bo‘lgan bemorlarda kateterizasiya va ochiq yurak jarohlik amaliyoti o‘tkazilishiga kelishildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati