• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Saida Mirziyoyeva O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ta’lim xodimlariga tabrik yo‘lladi

Saida Mirziyoyeva O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ta’lim xodimlariga tabrik yo‘lladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 10:36
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ta’lim xodimlarini tabrikladi.

“Bugun o‘zgacha kun. Men har safar shu kuni hayajon va samimiyat bilan sizga minnatdorligimni izhor etaman.

Siz bo‘lajak qahramonlarni tarbiyalaysiz. Aynan siz sababli ijodkor, orzulari katta, har qanday to‘siqlarni yengishga qodir jamiyat shakllanadi. Mamlakat kelajagining asosi bo‘lmish bilimli, aqlli, iste’dodli o‘g‘il-qizlar, Vatanni sevadigan, jahonni zabt etishga tayyor yoshlar — sizning zahmatli faoliyatingiz samarasi.

Ishontirib aytamanki, mehnatingizni yengillatish, turmushingizni yanada farovon qilish hamda o‘qituvchi obro‘-nufuzini eng yuksak maqomga olib chiqish yo‘lida qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilmoqdamiz. Siz shunga munosibsiz!

Teran zakovatingiz, cheksiz mehringiz dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirishda davom esin. Bolalarimizga ilhom baxsh etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, bilim cho‘qqilariga yetaklash mahorati uchun sizdan minnatdorman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!”, deb yozadi prezident yordamchisi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati