Transfer bo‘yicha chin dars!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 07:36
APL ishtirokchisi - «Brentford» yaqinda o‘z tarixidagi transferlar rekordini yangiladi.

Angliya chempionatining kamtar ishtirokchisi «Bryugge» libosida go-leadorlik salohiyatini namo­yish etayotgan Igor Tyago uchun 37 mln. yevro to‘lashga rozi bo‘ldi. Lekin quyida gap na «Brentford» va na «Bryugge» haqida...

Bolgariyaning «Ludogores» jamoasi ishbilarmonligi tahsinga sazovor. Sharqiy Yevropa klubi Igor Tyago tarixi vositasida futbol olamiga transferlar yuzasidan tayyor qo‘llanma taqdim etdi. Havas qilsa arziydigan master saboq. Mana, «Ludogo­res»ning braziliyalik iqtidor transferiga taalluqli yurishiga bir nazar soling: 

1-qadam. 2022 yilning 28 fevral kuni 20 yoshli Igor Tyagoni Braziliyaning «Kruzeyro» klubidan atigi 700 ming yevroga sotib oldi.

2-qadam. 2023 yilning 1 iyul kuni Igor transferini «Bryugge» (Belgiya)ga asl qiymatidan 10 baravar qimmatiga sotdi. Aniqrog‘i, 7,5 mln. yevroni sanab oldi.

3-qadam. «Bryugge» bilan kelishuvda Igor Tyago transferining 12,5 foizini o‘zida saqlab qoldi. 
4-qadam. «Bryugge» Igor Tyago transferi bo‘yicha «Brentford» bilan kelishuvga erishishi natijasida jami summa (37 mln. yevro)dan 12,5 foizi (4,6 mln. yevro) «Ludogores»ga tegadigan bo‘ldi.
Xullas, Bolgariya klubi qisqa vaqtda Igor Tyago ortidan naq 11,4 mln. yevro ishladi. Chiqim - 700 ming yevro, kirim - 12,1 mln. yevro. O‘zi «Ludogores» faoliyati xuddi Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasida bo‘lgani kabi asosan braziliyalik va afrikalik futbolchilarning «oldi-sotdi»siga asoslangan. Jumladan, hozirda klub ixtiyorida 6 nafar braziliyalik bor. Igor Tyagoga kelsak, iqtidorli hujumchi «Ludogores» safidagi 1,5 mavsumda Bolgariyaning 2 karra chempioniga aylandi, qo‘shimchasiga mamlakat kubogi va superkubogini boshi uzra baland ko‘tardi. Aytgancha, 2023 yilning yozida amalga oshgan transfer «Ludogores» uchun sotuv masalasida rekord bo‘lgandi. Ya’ni Bolgariya jamoasi o‘z tarixida biror futbolchini 7,5 mln. yevroga sotgan emasdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati