2 oktyabrdan grin karta mavsumi boshlanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 09:51
2026 yil uchun grin karta lotereyasiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanib, 5 noyabr kuni soat 21:00 ga qadar davom etadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.

Departament o‘z bayonotida talabgorlarni firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirgan. Firibgarlar internetda grin-karta dasturining haqiqiy rasmiy sahifasiga o‘xshash sahifa yaratishlari yoki boshqa turli usullar orqali odamlarni laqillatishi mumkin.

Lotereyada qatnashish bepul. Bir kishi bittadan ko‘p ariza topshirsa, uning barcha arizalari dasturdan chetlashtiriladi.

AQSh tashqi siyosat idorasining qo‘shimcha qilishicha, 2025 yil uchun grin-karta dasturi g‘oliblari 2024 moliya yili yakuni – 30 sentyabr kunining so‘nggiga qadar o‘z vizalarini olib bo‘lishlari yoki viza statuslarini o‘zgartirishga ulgurishlari kerak.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati