Vladimir Bubanya: «Finalni ko‘tarinki kayfiyat bilan kutyapman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 06:44
O‘zbekiston Kubogi finaliga 4 kun qoldi. Hammaning e’tibori 5 oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadigan «Navbahor» – «Andijon» ishtirokidagi tarixiy uchrashuvga qaratilgan. «Burgutlar»ning bo‘lajak muhim bellashuvga tayyorgarligi reja asosida olib borilmoqda. E’tiborlisi, «Andijon»da to‘p surayotgan serbiyalik legioner Vladimir Bubanya 2018 yili O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. Qizig‘i, aynan Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bu ishni uddalagan va u «Andijon»da O‘zbekiston Kubogini yutgan yagona futbolchidir. Hozirda ushbu o‘yinchi yana bir bor va bu safar «Andijon» bilan birga «Istiqlol» stadionida Kubokni yutishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. Vladimir hal qiluvchi bahs oldidan klub matbuot xizmatining bir qator savollarga javob qaytardi.— Siz «Andijon»dagi O‘zbekiston Kubogini yutgan yagona futbolchisisiz. 2018 yili Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida OKMK tarkibida «Paxtakor»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgansizlar. O‘shanda hamma «Paxtakor»ning g‘alabasiga ishongandi. Oradan 6 yil o‘tib siz yana o‘sha «Istiqlol»da, yana Kubok finalidasiz. Tarix takrorlanyapti...— Ha, men 2018 yilgi finalda o‘ynagandim. Men uchun bu o‘sha paytdagi eng muhim o‘yin edi. Chunki birinchi marta finalda o‘ynayotgandim. «Paxtakor» o‘shanda nihoyatda kuchli jamoa edi. Lekin o‘shanda hech kim bizning g‘alabamizni kutmagandi. Biroq futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin va biz o‘sha o‘yinni yutgandik.— «Andijon» bilan bu yil O‘zbekiston Kubogi musobaqasiga ilk bor kirishganinglarda finalgacha yetib kelishingizga qanchalik ishongandingiz?— Har birimiz futbolda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Shu sababli men ham bunga ishonganman. — Final oldidan nimalarni o‘ylayapsiz?— Ishonamanki, stadion muxlislar bilan to‘ladi hamda vodiyda bayram bo‘ladi. Bu o‘yinni juda ko‘tarinki kayfiyat bilan kutyapman. — «Andijon» ham, «Navbahor» ham chempionatda kerakli natijalarni ko‘rsata olmayaptilar. Balki bu Kubok finalning effektidir...— Ha, o‘ylaymanki, bizda ham, «Navbahor»da ham muvozanat tushib ketdi. Shuning uchun bir qancha o‘yinlarni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik. — Kubok finaliga tayyorgarlik ko‘rishda asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti?— Kubok finalini munosib o‘tkazish, mudofaada mustahkam turish va o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz zarur, deb hisoblayman.— Bu tarixiy hamda unutilmas o‘yin. Maqsad aniq va bunday paytda ortiqcha motivasiya ham kerak bo‘lmasa kerak-a yoki aksinchami?— Ha, katta motivasiya menimcha hech kimga kerak emas. Shuni aytish mumkinki, bu faqatgina yil o‘yini emas, futbolchining faoliyati uchun ham unutilmas bo‘lib qoladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati