Marg‘ilonda eronlik startap kompaniyalarini o‘z ichiga oladigan texnopark loyihasi amalga oshiriladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 07:18
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Eron o‘rtasida o‘zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Farg‘ona bilan Eron hududlari hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Farg‘ona viloyati hamda Eronning Mozandaron viloyati o‘rtasida birodarlashuv aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha avvalgi kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni tezlashtirish, Marg‘ilon shahrida Eron sarmoyasi bilan eronlik startap kompaniyalarini o‘z ichiga oladigan texnopark loyihasi amalga oshirishni jadallashtirish borasida kelishib olindi.
Muhammad Ali Iskandariyning 27 apreldan 1 mayga qadar Eron poytaxti Tehronda bo‘lib o‘tadigan xalqaro Iran Expo ko‘rgazmasiga viloyat delegasiyasini yuborish taklifi ijobiy qabul qilindi, viloyat hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat guruh ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishi bildirildi.
Uchrashuv davomida farmasevtika, qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat sanoati, zargarlik, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish kabi sohalarda Farg‘ona viloyati va Eron kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Farg‘ona viloyati va Eron o‘rtasida o‘zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.