Qancha o‘zbekistonlik Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 05:45
2024 yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning 55 mingdan ortiq fuqarosi Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Turkiya Migrasiya xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 55271 nafar fuqarosi yashash uchun ruxsatnoma olgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Turkmaniston (109530), Rossiya (91304), Iroq (78615), Eron (76897), Suriya (76377) va Ozarboyjondan (71372) keyin yettinchi o‘rinda bormoqda.

Qisqa muddatli propiskaga ega xorijliklar orasida ham O‘zbekiston fuqarolari yettinchi o‘rinda – 24500 nafar. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Iroq, Turkmaniston va Suriya yetakchilik qilmoqda.

Talabalar vizasiga ega mamlakatlar orasida O‘zbekiston yuqori o‘ntalikka kira olmadi. Oilaviy vizalar orasida Rossiya va Ozarboyjondan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi - 13755.

Turkiya Migrasiya xizmati 2024 yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra umumiy hisobda 1 milliondan ortiq turli xil ruxsatnoma va viza bergan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati