Toshkentda xonadonida 48 kilo giyohvandlik vositasini saqlagan shaxs ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-10-2024, 05:01
Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yashash xonadonida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 27 sentyabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani “Oqmachit” mahallasida yashovchi shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Unda 1962 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan ushbu shaxs yashash xonadonining omborxonasida quritib qo‘yilgan 2 tup 10 kg “Kannabis” giyohvandlik o‘simligi, 13 ta bankada 13 kg, 3 ta korobkada 12 kg 200 gr, 2 qopda 2 kg, qora selofan paketda 700 gr, hamda bir nechta qog‘oz bo‘lagida 200 gr, jami 38 kg 100 gr “marixuna” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Olingan giyohvandlik vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi bilan (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) jinoyat ishini qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati