Italiya va Shveysariya chegaralarini o‘zgartirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 23:55
Shveysariya va Italiya muzliklar erishi tufayli Alpdagi chegaralarini qayta ko‘rib chiqdi. O‘zgarishlar Sermatta hamda Valle-d’Aosta viloyatlari chegarasidan o‘tgan Yevropadagi eng baland cho‘qqilardan biri hisoblanuvchi Matterxorn tog‘i atrofidagi hududga taalluqli, deb xabar beradi Bloomberg.

Chegarani qayta ko‘rib chiqish Matterxorn tog‘i yonbag‘rida joylashgan mashhur Sermatt tog‘-chang‘i kurortiga ta’sir ko‘rsatdi. Turistlar va chang‘ichilar oldingidek Shveysariya va Italiya chegarasini bemalol kesib o‘tishi mumkin, ammo chegaraning o‘zi ikki davlatning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib Testa Grijia, Plato Roza va Gobba di Rollen tog‘lari yonida o‘zgargan.

Shveysariyada muzliklar jadallik bilan erishni davom etmoqda. The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda ular o‘z hajmining 4 foizini yo‘qotgan. 2022 yilda esa ularning 6 foizi erib ketgandi. Olimlar ayrim Shveysariya cho‘qqilaridagi muzlarni o‘lchashni to‘xtatgan, chunki ular deyarli qolmagan.

Evropa muzliklari boshqa qit’alardagidan tezroq erimoqda. Copernicus xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki yilda ular 10 foizga qisqargan, 2050 yilga borib haroratning isishi 2 daraja Selsiydan oshmasa ham muz qoplami yarmiga kamayadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati