Binyamin Netanyahu Eron xalqiga murojaat e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 23:40
"Bir guruh teokratlar sizning umidlaringizni barbod qilishiga yo‘l qo‘ymang. Siz bundan yaxshirog‘iga loyiqsiz", — deya ta’kidladi Isroil bosh vaziri.

«Eron rejimi har lahzada siz, oliyjanob fors xalqini tubsizlikka yaqinlashtirmoqda. Eron xalqi bilishi kerak: Isroil siz tomonda», degan u.

Netanyahu oddiy eronliklarni mamlakatdagi hukmron rejimga qarama-qarshi qo‘yib, Eron rahbariyati ularni kundan-kunga" jarlik tomon" yaqinlashtirayotganini aytdi.

"Agar ular sizga g‘amxo‘rlik qilsalar, Yaqin Sharqdagi behuda urushlarga millionlab dollar sarflashni to‘xtatadilar. Eron ko‘pchilik o‘ylagandan ancha tezroq ozod bo‘ladi. Keyin esa ikki qadimgi xalq – yahudiylar va forslar tinch-totuv yashaydi", — dedi Netanyahu o‘z murojaatida.

U avvalroq Livan xalqiga ham shunday murojaat bilan chiqqandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati