Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi navbatdagi jangi oldidan tarozi marosimida ishtirok etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 07:10
Xabaringiz bor, bizning vaqt bilan 31 mart tongida AQShning Atlantik-Siti shahrida UFC Fight Night 241 turniri o‘tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyev asosiy kardda tashkil etiladigan jangda amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi oktagonga chiqadi.

Biroz avval jangchilar tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi. Nursulton ham, Dyuma ham bir xilda 83,91 kg tosh bosib, belgilangan vazn me’yorini bajardi. Demak, jang o‘z kuchida qoldi.

Oqshomning markaziy jangi ayollar o‘rtasida eng yengil vazn toifasida Erin Blenchfild va Manon Fioro o‘rtasida kechadi. Erin tarozida 56,7 kg, Manon esa 56,81 kg vazn qayd etdi. Bu jang ham o‘z kuchida qoldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati