Toshkentda o‘tgan kikboksing bo‘yicha jahon kubogida 718 ta medal qo‘lga kiritdik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 23:31
Poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 53 ta davlat sportchilari o‘rtasida 172 ta oltin, 210 ta kumush, 336 ta bronza, jami 718 ta medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin 40 oltin, 26 kumush, 50 bronza, jami 118 ta medalni qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik kikboksingchilarga nasib etgan bo‘lsa, Tojikiston termasi 28 ta oltin, 16 ta kumush va 21 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.

Shuningdek, jahon kubogi doirasida 15 ta “Gala Final” janglari tashkil etildi. Ushbu qiziqarli o‘tgan bellashuvlarni WAKO Prezidenti Roy Beyker, vise-prezident Espen Lund, ARISF prezidenti Rafayelle Kyulli, WAKO O‘zbekiston prezidenti Asadjon Xodjayev, O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, Osiyo Olimpiya kengashining vise prezidenti Otabek Umarov, mamlakatimiz kikboksing assosiasiyasi raisi Oybek Normetov, kikboksing muxlislari, mahalliy ommaviy axborot vositalari kuzatib bordi.

Ushbu janglarda g‘olib bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba tashkil etilgan ushbu jahon kubogi yakunlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati