Emiliano Martines: Odamlarni hurmat qilmaslik niyatim yo‘q edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 23:17
Emiliano Martines Argentina terma jamoasi o‘yinlaridan chetlatilganidan so‘ng uzr so‘radi.

Avvalroq Argentina terma jamoasi darvozaboni Kolumbiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng operatorning qo‘liga urib, kameraga tushib qolgani uchun JCH-2026 saralash bosqichining ikki o‘yiniga diskvalifikasiya qilinishi haqida xabar berilgandi.

“Men FIFA jazosini to‘g‘ri qabul qilaman va kimnidir xafa qilgan bo‘lsam, kechirim so‘rayman. Endi do‘stlarimni o‘yinlarda qo‘llab-quvvatlayman, u yerda bo‘lolmasam ham ularga dalda beraman.

Odamlarni hurmat qilmaslik niyatim yo‘q edi. Endi hech kimni xafa qilmaslikka harakat qilaman va faqat Argentina va “Aston Villa” bilan chempionlikni qo‘lga kiritishga harakat qilaman", - deb yozdi Martines Instagram`da.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati