«Paxtakor» Elit chempionlar ligasidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 23:02
Osiyo Elit Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinlari 30 sentyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.“Paxtakor” safarda “Persepolis” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Ali Alipur burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘limda "Paxtakor" ko‘plab vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, to‘pni raqib darvozasiga kirita olmadi.Ikkinchi bo‘limda “sherlar” faollikni oshirishdi. 59-daqiqaga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Hojiakbar Alijonovning uzatmasidan keyin Dragan Cheran aniq zarba bilan gol muallifiga aylandi. Shundan so‘ng "Persepolis" oldinga o‘ta boshladi. Xususan, Oston O‘runov zaxiradan maydonga tushib, jamoasining hujumlarini tashkil etishda faol harakat qildi. Ammo qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.1-turda “Paxtakor” “Al-Vasl”ga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Elit chempionlar ligasi, 2-tur bahsi30 sentyabr, dushanba“Persepolis” – “Paxtakor” 1:1Gollar: 1:0 — 1 Alipur, 1:1 — 59 Cheran.“Persepolis”: 1.Gendus, 11.Ahmadzoda (27.Mehri, 58), 9.Alipur (31.Joao, 58), 19.Amiriy (10.Alkasir, 69), 20.El-Amlud, 30.Gvelesiani, 6.Kanoniy, 77.Xodabandelu (21.Sodiqiy, 46), 4.Muhammadiy, 7.Rafeiy (70.Oston O‘runov, 69), 5.Rigi.“Paxtakor”: 12.Vladimir Nazarov, 7.Hojiakbar Alijonov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 17.Doston Hamdamov (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 73), 30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (99.Ulug‘bek Hoshimov, 73), 10.Dragan Cheran (40.Kimi Merk, 84).Ogohlantirishlar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev (3), Xodabandelu (23), Doston Hamdamov (45+1).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati