Isroil o‘ldirgan falastinliklarning chirigan jasadlarini G‘azoga yubordi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 22:32

Isroil G‘azo hujumida halok bo‘lgan 88 falastinlikning jasadini qaytarib berdi, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil odamlarning kimligi va qaerda o‘ldirilgani haqida tafsilotlarni oshkor qilmaguncha ko‘mishdan bosh tortdi.

Noma’lum jasadlar 25 sentyabr kuni Isroil nazorati ostidagi o‘tish joyi orqali konteynerda G‘azoga olib kelingan, biroq Falastin rasmiylariga ko‘ra, qurbonlarning ism-shariflari va yoshi, hatto vafot etgan joylari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Xon Yunusdagi Nosir kasalxonasi tibbiyot xodimlari ularni qabul qilishdan va dafn etishdan bosh tortib, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasini Isroildan tafsilotlarni so‘rashga chaqirishdi.

G‘azo hukumati matbuot byurosi rahbari Ismoil at-Tavabtaning aytishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari yuk mashinasi haydovchisiga jasadlar bilan birga mashinani kelgan joydan Isroil nazorat punktiga qaytarishni aytgan.

«Ular [Isroil tomonidan] shahidlarning qadr-qimmatini hurmat qilmaydigan takabbur va kamsituvchi tarzda yetkazib berildi. Bu g‘ayriinsoniy harakat», dedi u Anadolu agentligiga.
Xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar paytida halok bo‘lganlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak.
Qonun jasadlarni qidirish, aniqlash va evakuasiya qilishni talab qiladi, bu esa odamlarning bedarak yo‘qolishining oldini olishga yordam beradi, deyiladi XQXQ bayonotida.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati