Mudofaa vaziri o‘rinbosari jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan dzyudochilarimiz bilan uchrashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 20:57
Xabaringiz bor, 14-20-oktyabr kunlari poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Shu kunlarda bo‘lajak nufuzli musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz a’zolari poytaxtda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga zo‘r berishgan.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federasiyasi raisi o‘rinbosari Alisher Narbayev dzyudochilarimizning tayyorgarligini bevosita kuzatish uchun mashg‘ulotga keldi.

Unga O‘zbekiston dzyudo federasiyasi bosh kotibi Aziz Sobirov, federasiya raisi o‘rinbosari Zafar Qahramonov hamrohlik qilishdi.

Vazir o‘rinbosari dzyudochilar bilan suhbatlashar ekan, jahon chempionatining bevosita yurtimiz mezbonligida o‘tishi nafaqat sportchilar, balki murabbiylar va mas’ullarga ham katta mas’uliyat yuklashini, buni esa har bir dzyudochi dildan his qilishi kerakligini urg‘uladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati