Abduqodir Husanovning “Nissa”ga qarshi o‘yindagi harakatlari qanday baholandi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 19:38
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Lans” — “Nissa” uchrashuvida o‘yinchilar orasida eng yuqori baho oldi.Fransiya chempionati 6-turi doirasidagi “Lans” — “Nissa” (0:0) o‘yinida o‘zbekistonlik 20 yoshli markaziy himoyachi o‘yin davomida jamoasi himoyasida ishonchli harakat qildi va butun o‘yin davomida faolligi bilan ajralib turdi. Abduqodir kurashlarda 6 marta to‘pni egallab oldi, 4 marta raqib zarbasini qaytarib qolishga erishdi. Bundan tashqari to‘liq o‘yin davomida havodagi kurashlarda ham ustunlik qildi.Sofascore statistik portali lansliklar darvozaboni Bris Samba o‘yiniga 8,5 baho bergan bo‘lsa, maydondagi o‘yinchilar orasida eng yuqori ballni Husanovga berishga qaror qilgan — 8,2 baho. Mezbonlar darvozaboni Mersin Bulka ham 8,2 ball olgan.Ushbu durangdan so‘ng mezbonlar 10 ochko to‘plab musobaqa jadvalining 6-o‘rnida bormoqda.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati