Yunon-rum kurashi. Aram Vardanyan Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 19:37
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aram Vardanyan Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz 2024 yil yakuniga qadar «Siegried warriors» jamoasi tarkibida sport kurashlari bo‘yicha Bundesliga bahslarida qatnashadi.Vardanyanning klubi o‘tgan hafta yakunida «KSV Witten 07» jamoasi bilan bellashib, 22:7 hisobda g‘alaba qozondi. Xususan, -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz ham muvaffaqiyatli ishtiroki bilan g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.Har hafta bo‘lib o‘tadigan bahslarda sportchimiz o‘zining sport formasini bir maromda ushlab turish barobarida katta tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan. Klub bilan kelishuvga ko‘ra, Vardanyan terma jamoadan chaqiruv bo‘lganda Toshkentga qaytib keladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati