Abduqodir Husanov “PSJ”ga o‘tishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 19:17
Faoliyatini “Lans” jamoasida olib borayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov “PSJ”ga o‘tishi mumkin.“Husanov mavsumni a’lo darajada boshladi va ulkan taassurotlar qoldirishda davom etmoqda. Tez orada uni Yevropaning top-klublarida ko‘rishimiz mumkin, masalan, “PSJ” varianti”, — deya yozmoqda Foot01 sayti.Kevin Dansoning jarohat olganiga qaramasdan, “Lans” himoyasi mustahkamligicha qolmoqda. Fransiya chempionatida jamoa 6 ta o‘yinda atigi 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Himoyada, ayniqsa, Abduqodir o‘zini yaxshi tomonlama namoyish etmoqda. Jamoa murabbiyi Uil Still Husanov haqida: “U kamgap, kuchli va tezkor. Uning ko‘p gapirganini eshitmaganlar, Abduqodir juda yaxshi o‘yinchi. Klubga kelganimda Kevin Dansoda muammolar bor edi. Shunda Jan-Luis Leka xavotir olishga hojat yo‘qligini, uning o‘rnini Husanov bemalol egallay olishini aytdi”. Shuningdek, insayder Muhammad Tuchabe-Ter Husanovga “PSJ” qiziqayotgani va futbolchi Parij klubiga o‘tishiga ishonchi komil ekanligini yozdi. Parijliklar himoyachi Markinyosga o‘rinbosar izlayotgan bo‘lsa, 20 yoshli Husanov ushbu pozisiyaga munosib nomzod bo‘ladi. Biroq, “Lans” Abduqodirni qimmatroqqa qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi mumkin. Chunki uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati