O‘zbekistonda 1—4 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 17:06
O‘zbekistonda 1—4 oktyabr kunlari o‘rtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Faqat 2 oktyabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3—4 oktyabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 30 sentyabr va 3—4 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 1 oktyabrda 7-12 daraja bo‘ladi, 2—4 oktyabrda 12-17 darajagacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 1—2 oktyabrda 22-27 daraja, 3—4 oktyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda 30 sentyabrda vaqti-vaqti bilan bir oz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-22 daraja bo‘ladi. 1—4 oktyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 3 oktyabrda bir oz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 1 oktyabrda 9-11 daraja, 2—4 oktyabrda 13-16 darajagacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 1—2 oktyabrda 24-27 daraja , 3—4 oktyabrda 27-30 daraja bo‘ladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati