Mourinyo noodatiy harakati uchun ogohlantirildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 16:25
Yakshanba kuni Turkiya chempionati doirasida "Antalyaspor" – "Fenerbaxche" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Joze Mourinyo shogirdlari mehmonda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘lim davomida "kanareykalar" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hakam tomonidan ogohlantirildi. Portugaliyalik murabbiy noutbukni olib, uni noto‘g‘ri deb hisoblagan hakam qarorini tomoshabinlarga ko‘rsatish uchun kamera oldiga qo‘ydi. Ko‘rinishidan, aynan shu harakati uchun "Special One" kartochka bilan ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo o‘tgan yozda "Fenerbaxche" bosh murabbiyiga aylangandi. Ayni damda "kanareykalar" Superliga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati