Manchester Yunayted yaqin orada Ten Xagni iste’foga chiqarmaydi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-09-2024, 15:01
Yakshanba kuni mankunianliklar APLning 6-turida "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘ldi (0:3). "Manchester Yunayted" 7 ochko bilan chempionatda 12-o‘rinda bormoqda.
Biroq klub zudlik bilan murabbiyni almashtirishni rejalashtirmayapti, deb yozadi The Telegraph. "Manchester Yunayted" rahbariyati ushbu qiyin paytda Ten Xag, uning xodimlari va futbolchilarini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratgan.
Ten Xag hech bo‘lmaganda Yevropa Ligasida "Portu" va Premyer-ligada "Aston Villa"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinlarda jamoani boshqaradi.