Enrike Dembeleni PSJ tarkibidan chiqarib tashlashga qaror qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 14:57
Qanot hujumchisi Usmon Dembele "PSJ"ning "Arsenal"ga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi o‘yinida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda L`Equipe jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bu qaror tashabbuskori parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikedir. Liga 1 doirasidagi "Renn"ga qarshi o‘yindan so‘ng Dembele va murabbiy o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi.

Shu munosabat bilan Enrike Usmonni bo‘lajak o‘yinga jalb qilmaslikka qaror qildi. "Arsenal" - "PSJ" uchrashuvi ertaga, 1 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Joriy mavsumda Dembele barcha turnirlarda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati