Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb tomonidan aytilayotgan yolg‘onlardan yana bir marta shikoyat qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 23
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 06:36
“Ular bizni aldab, sakkiz yildan buyon buni davom ettriib kelgan ekan, oxirida esa o‘z manfaatlarimizni va odamlarimizni himoya qilishning yangi shakliga o‘tishga majbur qilishdi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Rossiya prezidenti.
Bundan avval G‘arbning yolg‘oni haqida Putin 13 mart kuni boshlovchi Dmitriy Kisilyovga aytgandi: “Bizni avvallari ko‘p marta tushirishgan, lekin endi biz faqat aniq xavfsizlik kafolatlari ostida kelishamiz”. Putinning so‘zlariga ko‘ra, u endi G‘arbga uni aldashga qo‘yib bermaydi. Shuningdek, Putin yolg‘on haqida 26 yanvar va 9 fevral kunlari ham aytib o‘tgandi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili Putin Rossiyani “ahmoq qilib ketishgani” haqida yetti marta shikoyat qilgan.