Grizmann Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 14:13
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

"Men hayotimning ushbu bobini xotiralarga to‘la yurak bilan yopaman. Ajoyib uch rangli sarguzasht uchun rahmat va tez orada ko‘rishguncha", - deb yozdi 33 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida.

Grizmann Fransiya terma jamoasida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Umuman olganda, hujumchi terma jamoa safida 131 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urgan.

"Uch ranglilar" tarkibida Antuan jahon chempioni va Millatlar ligasi g‘olibiga aylandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati