Fati Barselonani tark etishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 13:13
"Barselona"ning 21 yoshli hujumchisi Ansu Fati yanvar oyidagi transfer oynasida o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.

Jurnalistlarning yozishicha, futbolchi bilan "Sevilya" qiziqmoqda. Andalusiya klubi Fati bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. Ansuning transfer narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Forvard va blaugrana o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

O‘tgan mavsumda Fati Angliyaning "Brayton" jamoasida ijara asosida o‘ynadi. Ansu 19 uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati