Bugungi kunda ta’lim sohasida strategik tafakkur zarur. Bu nima degani?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 13:10
Albatta, bunday uyg‘unlikka erishish oson emas. Buning uchun katta-katta mablag‘lardan tashqari ulkan insoniy resurs, bilim va tajriba, kadrlar salohiyati, eng muhimi, o‘qituvchilarning vatanparvarlik fazilatlari talab etiladi.

Ayni vaqtda, bugungi kunda ta’lim sohasida strategik tafakkur zarur. Bu nima degani?

Bu o‘n-o‘n besh yil oldinni ko‘rib, ta’lim maskanlarini faqat bugungi kun uchun emas, kelajak uchun ishlaydigan darajaga ko‘tarish degani.

Chunki ta’limda, ma’rifatda orqada qolganlar – hech shubhasiz, taraqqiyotda ham orqada qoladi. Bu – tarixda isbotlangan haqiqat.

“Har bir o‘qituvchi va murabbiy, bog‘cha mudirasi, maktab direktori ma’lum ma’noda strateg bo‘lishi zarur.

Ular avvalo el-yurt taqdiri va kelajagini hal qiladigan ulug‘ maqsadlar yo‘lida xizmat qilayotganlarini chuqur anglab yetishlari va shu asosda harakat qilishlari lozim”, - dedi davlat rahbari.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati