Olimlar 1930 yildan buyon odam miyasining hajmi deyarli 7 foizga oshganini aniqlashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 06:28
Deyvisdagi Kaliforniya universiteti olimlari 1930 yildan buyon odam miyasining hajmi deyarli 7 foizga oshganini aniqlashdi.

Tadqiqotchilar 30 yoshdan 62 yoshgacha bo‘lgan 5209 erkak va ayolda miya hajmini o‘lchash uchun miya magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) foydalanishdi. Qayd etilishicha, MRT tekshiruvlari 1999 yildan 2019 yilgacha o‘tkazilgan. Tadqiqot ishtirokchilari 1930-1970-yillar orasida tug‘ilgan.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 1930-yillarda tug‘ilganlar uchun miyaning o‘rtacha hajmi 1234 millilitrni tashkil etgan bo‘lsa, 1970-yillarda tug‘ilganlar uchun bu ko‘rsatkich 1321 millilitrga ko‘tarilib, taxminan 6,6 foizga o‘sgan.

Olimlar, shuningdek, miya hajmining oshishi yosh avlod vakillarida demensiya xavfini kamaytirishi bilan bog‘liqligini aniqlashdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati