Aholi hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reestri ishlab chiqiladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-09-2024, 10:11
1 noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reestri ishlab chiqiladi. Bu haqida Biznes ombudsman xabar berdi.
Tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan to‘rtinchi ochiq muloqot davomida prezident reestrda yo‘q mezon bo‘yicha tadbirkor faoliyatini to‘xtatgan mansabdor javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgandi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik xavfini aniqlash uchun "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi joriy etilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish faqat reestrga kiritilgan omillar asosida amalga oshirilishi taklif etildi.