Jizzaxda “prava”siz “shovvozlar” “hunar ko‘rsatdi”

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 09:38
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida bir guruh shaxslar avtotransport vositalarini boshqarishda xavfli manyovrlarni bajargani bo‘yicha xabarlar tarqalib, jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘ldi.

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Shu yilning 27 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida bir guruh shaxslar o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasini guruh bo‘lib harakatlanishda xavfli manyovrlarni bajargani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslarning ayrimlari haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasdan turib avtotransport vositasini boshqargan.

Ushbu transport vositalari va ularning haydovchilari shaxsiga aniqlik kiritilib, tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rildi.

Shuningdek ushbu shaxslarning avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati