Energetika vaziri va Rossiya Federasiyasi hukumati mas’uli o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 09:26
Moskva shahrida tashkil etilgan Rossiya energetika haftaligi doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegasiya ham ishtirok etdi.

Muhokama chog‘ida tomonlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritdi. Xususan, O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosiga ham e’tibor qaratildi.

Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Rossiya Federasiyasi hukumati raisining o‘rinbosari A.Novak o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuv ham mazkur haftalikning ahamiyatli tadbirlaridan biridir.

Unda tomonlar O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlab borayotganini qayd etdi. Bu kabi aloqalarda yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar muhim o‘rin tutadi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, o‘zaro muloqot chog‘ida ular ushbu qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati, galdagi ishlar va energiya ta’minoti sohasidagi hamkorlik masalalariga asosiy urg‘u berdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati