Toshkentda MDHning II xalqaro statistika forumi o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 09:19
Toshkentda MDHning II xalqaro statistika forumi o‘tkaziladi.

Mazkur Forum Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi va MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda 150 dan ziyod qatnashchilar, jumladan, MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi rahbariyati, MDH Ijroiya qo‘mitasining vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limi direktori, BMT YEIK Statistika bo‘limi direktori hamda 20 ga yaqin xorijiy davlatlar statistika idoralarining birinchi rahbarlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etmoqda.

Forumning asosiy maqsadi – statistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba almashish, raqamli transformasiya sharoitida statistik jarayonlarni modernizasiya qilish, rasmiy statistikani shakllantirish uchun muqobil ma’lumotlar manbalari, shu jumladan, katta hajmli ma’lumotlar va sun’iy intellektdan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida kun tartibidagi barcha masalalar muhokamasi bilan birga Statistika idoralari rahbarlari, MDH Statistika qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda ekspertlari uchrashuvlari MDHga a’zo davlatlar statistika xizmatlari rahbarlari kengashining 70-yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz: mazkur Forum MDH Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “MDHda statistikani rivojlantirish” dasturi doirasida o‘tkazilib kelinmoqda. Dastlabki, I xalqaro statistika forumi 2023 yilning 12-14 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati