“Apple” may oyida yangi “iPad Pro” va “iPad Air”ini taqdim qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 06:18
“Apple” yangi “iPad Pro” va “iPad Air” modellarini ishlab chiqarish hajmini oshirdi, ular rasman may oyida taqdim etiladi, deb xabar berdi “Bloomberg”.

Shu paytda “iPad Pro” 2018-yildan va “iPad Air” esa 2022-yildan beri birinchi marta yangilanadi.

“Dastlab yangi “iPad”larni mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshlarida chiqarishni rejalashtirilgan edi, biroq kompaniya hali ham ularning dasturiy ta’minoti ustida ishlamoqda”, – deyiladi xabarda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ekranlar murakkab yangi ishlab chiqarish usullarini talab qiladi, bu esa kechikishga olib keldi.

“iPad Pro” planshetlarida “Apple” kompaniyasining yangi M3 chipi, aniqroq OLED displey, shuningdek, “Magic Keyboard” va “Apple Pencil” stiluslarining yangilangan versiyalari bilan mos keladi.

“iPad Air” yangi prosessorga ega bo‘ladi va 12,9 dyumli versiyasi ham bo‘ladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati