Matteus: Hozirgi Bavariya men ko‘rgan eng kuchli davrini o‘tkazmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 09:05
Afsonaviy sobiq futbolchi Lotar Matteus "Bavariya"ning Vensan Kompani qo‘l ostidagi o‘yinidan hayratda.

Shanba kuni myunxenliklar joriy mavsumda ilk bor g‘alaba qozona olishmadi – “Bayer” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

"Hozirgi "Bavariya" men ko‘rgan eng kuchli davrini o‘tkazmoqda. Hatto Pep Gvardiola davridagidan ham yaxshiroq, chunki hozir jamoa doimo oldinga o‘ynaydi, orqaga deyarli harakat qilmaydi. Albatta, biz bu "Bavariya"ni ko‘pincha Zagrebning "Dinamo"si va "Xolshteyn Xil" kabi kuchsizroq raqiblarga qarshi ko‘rdik, lekin kecha "Bayer"ga qarshi shunday ustunlik, birdamlik, ixchamlik bor edi.

Oxirgi 7-8 oy ichida markaziy himoyachilar haqli ravishda tanqid qilindi, ammo Kompani ularni o‘z yo‘liga qaytardi. Buni tomosha qilish juda yoqimli", - deya Matteusning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati