Xargrivz: Gravenberx keng profilli yarim himoyachi emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 08:53
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ouen Xargrivzning fikricha, Rayan Gravenberx "Liverpul" yarim himoyasidagi barcha muammolarni hal eta olmaydi.

Niderlandiyalik futbolchi Arne Slot qo‘l ostida "qizillar"ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. Ko‘pchilik 22 yoshli yarim himoyachini Premyer-ligadagi mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biri deb hisoblamoqda.

"Gravenberxda hamma narsa bor, lekin u keng profilli yarim himoyachi emas. Bu muhim. Rayan ajoyib yarim himoyachi va maydonning istalgan qismida o‘ynay oladi.

Ammo Premyer-liga yoki Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istasangiz, sizga keng profilli yarim himoyachi kerak.

"Liverpul" buni o‘tmishda Fabinyo, "Manchester Siti"esa Rodri bilan isbotlagan. O‘ylaymanki, "Liverpul" bu pozisiyani mustahkamlash masalasiga qaytadi", – dedi Xargrivz.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati