Bolgariya va Ruminiya Shengen hududiga qo‘shilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 06:16
Shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegasiyasi tomonidan uyushtirilgan tadbirda Tashqi ishlar vazirligi mas’ullari, elchilar, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, Shengen hududiga kirish Bolgariya va Ruminiya uchun ko‘p imkoniyatlar ochadi, xususan savdo va turizm rivojlanishiga yordam beradi.

EIning mamlakatimizdagi elchisi Sharlotta Adrian fikricha, Yevropa integrasiyasi yo‘lidagi muhim muvaffaqiyat hisoblanadigan bu voqeadan so‘ng ikki davlat fuqarolari, korxonalari endi muayyan hududda erkin harakatlana oladi.

– Bu O‘zbekiston uchun ham yaxshi xabar, chunki sayohat va o‘zaro almashinuv uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda, – dedi Sharlotta Adrian xonim. – Shengen Yevropa Ittifoqining qimmatli durdonasi sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ko‘tarinki ruh manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Shengen tartibi 1985 yil Yevropa Ittifoqining besh davlati – Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonidan joriy etilgan. Hududning asosiy mohiyati a’zo davlatlarning erkin harakatlanishidir.

Bugungi kunda Shengen tizimiga qo‘shilgan 29 mamlakatning 25 tasi YEI a’zolari. Hudud 450 million aholisi bo‘lgan 4,5 million kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati