Nyukasl Liverpul himoyachisiga qiziqishda davom etmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 08:21
"Liverpul" markaziy himoyachisi Jo Gomes "Nyukasl"ning radarida qolmoqda.

Angliyalik futbolchining "qarg‘alar"ga o‘tishi mumkinligi haqida o‘tgan yozda xabar berilgandi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Football Insider xabariga ko‘ra, "Nyukasl" Gomesga qiziqishi davom etmoqda va uni yanvardagi transfer oynasida qo‘lga kiritish haqida o‘ylamoqda. "Liverpul"ni 27 yoshli markaziy himoyachini sotishga ko‘ndirish oson bo‘lmaydi, chunki "qizillar" mavsum davomida futbolchilarini yo‘qotishni istamaydi.

Jo Gomes "Liverpul"da 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 million yevroga baholagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati