Rossiyada YTHga uchragan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 08:10
Tatariston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida og‘ir tan jarohati olgan fuqaro Vatanga qaytarildi.

Mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabr kuni Tatariston Respublikasi hududidan o‘tuvchi Aznakayevo–Almetevsk trassasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarosi T.J. og‘ir tan jarohati olgan va u zudlik bilan Almetevsk tumanlararo ko‘ptarmoqli shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorning onasi o‘g‘lini O‘zbekiston olib ketish uchun moliyaviy ko‘mak so‘rab Bosh konsulxonaga rasman murojaat qilgan. O‘zbekiston diplomatlari jabrlangan o‘zbekistonlikka barcha turdagi konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatdilar. Xususan, shifokorlar va boshqa idoralar bilan zarur uchrashuvlar o‘tkazildi hamda holat doimiy nazoratga olindi.

Shuningdek, mazkur ariza asosida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan bemorni mamlakatga qaytarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

Natijada yo‘l transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan T.J. va uning onasi 26 sentyabr kuni Vatanga qaytarildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati