Toshkentda soxta bankir ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 07:56
Toshkentda o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirgan firibgar ushlandi.

Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati yashovchi 38 yoshli (ayol) M.G‘. noma’lum sabablarga ko‘ra 15 mln. co‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligi bo‘yicha IIOga murojaat qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi U.R. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.R., jabrlanuvchi (ayol) M.G‘.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “Bank xavfsizlik xizmati xodimi“ sifatida tanishtirib, “SMS“ xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, uning hisobida bo‘lgan 15 mln. so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati