Yaponiyada O‘zbekiston “Bilimlar bog‘i” qad rostlaydi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 06:00
Marosimda mamlakatimiz hukumati va EKSPO assosiasiyasi vakillari ishtirok etgani, O‘zbekiston ayvoni “Bilimlar bog‘i” deya nomlangani, 800 kvadrat metr maydonda tashkil etilayotgan pavilyon yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni aks ettirgani ta’kidlangan.
– Ko‘rgazmada Vatanimizning boy tarixi, madaniy merosi, yuksak taraqqiyoti jarayonini faxr tuyg‘usi bilan namoyish etamiz, – dedi O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov.
Ayvonning ichki qismi uch sohaga bo‘lingan: ta’lim, ilg‘or texnologiyalar va ekologik tashabbuslar.
Bundan tashqari tashrif buyuruvchilarni birinchi qavatdan uchinchi qavatga olib chiqadigan qurilma Sharq va G‘arb sivilizasiyalari kesishgan Ipak yo‘lining strategik nuqtasi sifatida gullab-yashnagan O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan tanishtiruvchi tasvirlarni loyihalashtiradi.
“Expo-2025 Osaka Kansai” ko‘rgazmasi milliy yutuqlarimizni targ‘ib etish, xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuv ko‘lamini kengaytirish, sayyohlikni rivojlantirish hamda sarmoya jalb qilish uchun yangi istiqbol ochadi.