Yaponiyada O‘zbekiston “Bilimlar bog‘i” qad rostlaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 06:00
Yaponiya jamoat markaziy radio eshittirish korporasiyasi – NHK 2025 yil Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan “Expo-2025 Osaka Kansai” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilyoni qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi haqida maqola e’lon qildi. Kun chiqar yurtning sun’iy Yumeshima orolida ochiladigan ko‘rgazmada 170 dan ortiq davlat texnologiya, fan, iqtisodiyot va madaniyat yutuqlarini namoyish etishi rejalashtirilgan.

Marosimda mamlakatimiz hukumati va EKSPO assosiasiyasi vakillari ishtirok etgani, O‘zbekiston ayvoni “Bilimlar bog‘i” deya nomlangani, 800 kvadrat metr maydonda tashkil etilayotgan pavilyon yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni aks ettirgani ta’kidlangan.

– Ko‘rgazmada Vatanimizning boy tarixi, madaniy merosi, yuksak taraqqiyoti jarayonini faxr tuyg‘usi bilan namoyish etamiz, – dedi O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov.

Ayvonning ichki qismi uch sohaga bo‘lingan: ta’lim, ilg‘or texnologiyalar va ekologik tashabbuslar.

Bundan tashqari tashrif buyuruvchilarni birinchi qavatdan uchinchi qavatga olib chiqadigan qurilma Sharq va G‘arb sivilizasiyalari kesishgan Ipak yo‘lining strategik nuqtasi sifatida gullab-yashnagan O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan tanishtiruvchi tasvirlarni loyihalashtiradi.

“Expo-2025 Osaka Kansai” ko‘rgazmasi milliy yutuqlarimizni targ‘ib etish, xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuv ko‘lamini kengaytirish, sayyohlikni rivojlantirish hamda sarmoya jalb qilish uchun yangi istiqbol ochadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati