Osiyo kubogi U-20 qur’asi uchun savatchalar tarkibi aniq bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 07:13
21-29 sentyabr kunlari Osiyoning 10 ta mamlakatida U-20 Osiyo kubogi musobaqasi uchun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yakunda esa qit’a chempionatiga chiqqan 16 jamoa nomi aniq bo‘ldi. Farhod Nishonov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham "B" guruhida barcha raqiblarini mag‘lub etib, 12 ochko bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston mazkur yosh toifasida Osiyo chempioni hisoblanadi (Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa 2023 yil yurtimizda o‘tkazilgan Osiyo kubogida g‘olib chiqqandi). Shuning uchun O‘zbekiston musobaqaning final bosqichi uchun tashlanadigan qur’ada 1-savatda bo‘ladi. Shuningdek, 2025 yilgi musobaqa mezboni Xitoy hamda Iroq, Yaponiya yoshlar terma jamoalari ham bu savatdan o‘rin olishdi. Musobaqa 2025 ylning 6-23 fevral kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Unda yuqori 4 ta o‘rinni egallagan jamoalar Chilida o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 1-savatXitoyO‘zbekistonIroqYaponiya2-savatJanubiy KoreyaAvstraliyaEron Iordaniya3-savatIndoneziyaSaudiya ArabistoniSuriyaQirg‘iziston4-savatQatarTailandYamanKXDR












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati