Anchelotti: «Real» yetakchiga bir ochkoga yaqinlashdi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 06:48
«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atletiko»ga qarshi o‘yin (1:1) natijasidan qoniqish hosil qildi.– O‘tgan mavsumda sodir bo‘lgan holatni inobatga olganda ("Real" 0:3 hisobida yutqazgandi), durang yaxshi natija deya hisoblash mumkin. Men hamisha pozitiv fikrlayman. Biz yetakchiga bir ochko yaqinlashdik. Hozir yaxshi formadamiz va chorshanba kungi o‘yin haqida o‘ylay boshladik. – O‘yinchilar almashishi nima bilan bog‘liq edi?– Futbochilardagi charchoq bilan.– O‘yin paytida ro‘y bergan hodisa haqida nima deya olasiz?– Men shunchaki murabbiyman. Men sport bilan bog‘liq jihatlarga baho berishim va ularni nazoratga olishim mumkin. Bunday masalalarda qaror qabul qilish uchun tajribaliroq insonlar bor.– Endrikning zarbasi haqida nima deysiz?– Nazarimda, «Shtutgart»ga qarshi bahsda bo‘lgani kabi zarba berish uchun qulay palla emasdi. Bellingemga uzatma berish mumkin edi. Ammo men buni fojialashtirmoqchi emasman.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati