La liga. «Real» Madrid debisida 95-daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 02:32
Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida «Metropolitano» stadionida «Atletiko» va «Real» jamoalari to‘qnash kelishdi. Birinchi bo‘limda to‘p nazorati va pozision ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi, ammo tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Bahsning 64-daqiqasida Anchelotti jamoasi hisobni ochdi. Qanotdan yetkazib berilgan uzatma natijasida to‘p Militaoga kelib tushdi va Eder kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. 69-daqiqada esa tribunadan Tibo Kurtuaga buyumlar uloqtirilgani uchun o‘yin taxminan 15 daqiqaga to‘xtatib qo‘yildi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqa o‘tib borayotganida chiroyli uzatma natijasida Anxel Korrea darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.Ushbu durang natijasida "Real"ning ochkolari 18 taga, "Atletiko"niki esa 16 taga yetdi. Bu turda mag‘lub bo‘lgan "Barselona" 21 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etadi.Ispaniya La ligasi, 8-turAtletiko – Real Madrid 1:1 (0:0)Gollar: 0:1 – 64 Militao, 1:1 – 90+5 Korrea.Atletiko – Oblak, Reynildu (Galan, 75), Ximenes, Le Norman, Molina (Koke, 46), Alvares (Rikelme, 75), Gallaxer (Korrea, 70), Lyorente, De Pol, Serlot (Lino, 56), Grizmann.Real Madrid – Kurtua, Mendi, Militao, Ryudiger, Karvaxal, Bellingem, Tchuameni, Modrich (Vaskes, 86), Valverde, Vinisius Junior (Endrik, 87), Rodrigo (Fran Garsiya, 90).Ogohlantirishlar: Modrich (40), Le Norman (63), Gallaxer (70), Alvares (75).Chetlatish: Lyorente (90+9).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati