Toqayev: Qozog‘iston Xitoyning mintaqadagi asosiy hamkori
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 05:54
Bu yil Jahon YAIM o‘sishining 60 foizini Osiyo mamlakatlari ta’minlaydi. Jahon savdosining 53 foizini qoplayotgan qit’amizning bir necha yirik davlati iqtisodiyoti juda tez sur’atda rivojlanmoqda. Osiyoga jalb etilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya so‘nggi yillarda sezilarli ravishda o‘sdi. Mintaqada patent ishlanmalarining 70 foizini ta’minlagan dunyoning bir necha yetakchi texnologik markazi joylashgan. Sariq qit’a inson resursiga ham boy, dunyoning 30 ta eng yirik shahridan 21 tasi mintaqamizda. Ushbu omillarning barchasi “Osiyo renessansi”ga ishora qilmoqda.