Prevyu. Persepolis - Paxtakor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-09-2024, 00:08
"Sherlar" Elit Chempionlar Ligasi 2-turida Eronning "Persepolis" jamoasi bilan safarda to‘qnash keladi."Paxtakor" ushbu raqib bilan OCHLda 4 marta maydonga tushib, 2 g‘alaba, 1 durang va mag‘lubiyat qayd etgan. 2003 yil Anvar Soliyevning yagona goli g‘alaba keltirgan bo‘lsa, 2019 yil guruh bosqichida Tehronda 1:1 (Marat Bikmayev) va Toshkentda 1:0 (Igor Sergeev) natijasi kuzatilgan. 2020 yil chorak finalda raqib 2:0 hisobida zafar quchgan."Persepolis" Eronning eng sovrindor klubi sanaladi. Tehronliklar 16 marta Eron chempionati, 7 bor Eron Kubogi va 5 bor Eron Superkubogini qo‘lga kiritgan. Oxirgi 8 mavsumdan 7tasida aynan ushbu klub Eron chempionligini qo‘lga kiritib, o‘zining yaqqol gegemon ekanini isbotlab kelmoqda. Jamoani ispaniyalik Xuan Karlos Garrido boshqarib kelmoqda."Persepolis" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 30 sentyabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Qudsdagi "Shahri Quds" stadionida boshlanadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati